Tramp Saudiya shahzodasi bilan qanday hazillashgani videosi namoyish etildi

Tramp Saudiya shahzodasi bilan qanday hazillashgani videosi namoyish etildi
Saudiya OAV AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyadagi “Katta yigirmatalik” yig‘ilishi vaqtida Saudiya Arabistoni merosxo‘r shahzodasi bilan qanday hazillashgani videosini namoyish etdi.

Saudiyaning \"Xabr al-Ajil\" portalida joylashtirilgan qisqa videolavhada Tramp majlislar zalida o‘tib ketayotib kresloda o‘tirgan shahzodaning yelkasiga asta urib o‘tib ketgani tasvirlangan. Bin Salmon darhol ortiga o‘girilib hech kimni ko‘rmaydi, chunki Tramp allaqachon o‘tib ketgandi.

Shahzoda hayron bo‘lib bu yonboshiga qaraydi va Tramp unga bosh irg‘ab ketadi.

Navbatdagi G20 sammiti 2020 yilda aynan Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.