«Bo‘ri» boshqa ekan... U Malayziyada qo‘lga olindi

«Bo‘ri» boshqa ekan... U Malayziyada qo‘lga olindi
Foto: «The Guardian» / Rizo Aziz.
Ko‘p miqdordagi pulni o‘zlashtirishda gumon qilingan Hollivud prodyuseri Rizo Aziz Malayziyada qo‘lga olindi. Bu haqda «The Guardian»ga tayanib \"Xabar\" nashri yozmoqda.

Nashr yozadiki, Aziz, uning onasi, o‘gay otasi (Malayziya sobiq bosh vaziri Najib Razzoq) va eski tanishi davlat g‘aznasi (Najib Razzoq nazorati ostida bo‘lgan «1MDB» jamg‘armasi)dagi 4,5 milliard AQSh dollari qiymatidagi pullarni gum qilganlikda ayblanishyapti.

Mamlakat hukumati Rizo Aziz bu pullarni o‘zining filmlariga ishlatib yuborgan bo‘lmasaydi, degan taxminda.

Rizo Aziz — «Uoll-stritdagi bo‘ri» filmiga prodyuserlik qilgan «Red Granite Pictures» kompaniyasi asoschisi va xo‘jayini.
«Bo‘ri» boshqa ekan... U Malayziyada qo‘lga olindi
«Uoll-stritdagi bo‘ri» filmidan kadr.
Aslida san’atda hayotga emas, hayotda san’atga taqlid kuchliroq, deganlari shu bo‘lsa kerak-da.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.