Qozog‘istonda ruxsat etilmagan miting qatnashchilaridan jarohat yetkazuvchi qurollar olib qo‘yildi

Qozog‘istonda ruxsat etilmagan miting qatnashchilaridan jarohat yetkazuvchi qurollar olib qo‘yildi
Qozog‘iston politsiyachilari Nur-Sulton va Olmaotadagi ruxsat etilmagan mitinglar qatnashchilaridan jarohat yetkazuvchi qurollar va tutunli shashkalar olib qo‘yildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

\"Oltinchi iyul kuni Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida ruxsat etilmagan mitinglarni o‘tkazishga harakat qilindi. Prokuraturaning bir necha marta ogohlantirishiga qaramasdan, ayrim fuqarolar taqiqlangan ekstremistik tashkilot da’vatlariga berilishdi\",- deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayrim miting qatnashchilari jamoat xavfsizligiga tahdid solishgan va politsiya bo‘linmalariga keltirilgan. Ulardan jarohat yetkazuvchi qurollar va tutunli shashkalar olib qo‘yilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.