Qodir Atamboyev Qo‘y-Toshdagi voqealarni rejalashtirilgan fitna deb atadi

Qodir Atamboyev Qo‘y-Toshdagi voqealarni rejalashtirilgan fitna deb atadi
Qirg‘iziston sobiq prezidentining o‘g‘li Qodir Atamboyev fikricha, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida ro‘y bergan voqealar hukumat tomonidan rejalashtirilgan fitnadir. U bu haqda «Novыe litsa» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Aminmanki, bu maxsus rejalashtirilgan fitna. Hamma narsa shunday uyushtirilganki, endi bari otamning bo‘yniga qo‘yilmoqda», - dedi Qodir Atamboyev.
Ushbu versiya foydasiga qaratilgan boshqa dalillar orasida u Almazbek Atamboyevni majburan qo‘lga olish uchun tanlangan vaqtni aytdi.

«Hujum uchun tanlangan vaqt... Hamma bu yerda odamlar soni har doim maksimal darajada ko‘p bo‘lishini biladi», - dedi sobiq davlat rahbarining o‘g‘li.

Qodir Atamboyev so‘zlariga ko‘ra, Qo‘y-Tosh qishlog‘ida otasining tarafdorlaridan tashqari ko‘plab boshqa shaxslar - soxta tarafdorlar ham bo‘lgan.

«Bizning tarafdorlardan ham boshqa shaxslar chiqdi. Vaziyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan soxta tarafdorlar paydo bo‘ldi», - dedi sobiq davlat rahbarining o‘g‘li, Almazbek Atamboyev qarorgohida 7-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan tartibsizliklarni izohlab.

Qodir Atamboyevning fikricha, bu odamlar otasiga qarshi guvohlik berishi mumkin.

«Endi bu marginallar ozodlikka chiqish uchun xohlagan narsani aytishi, istagan shaxsni ayblashi mumkin, - deydi Qodir Atamboyev. - Ikki oy davomida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida o‘tirgan odamlar Batukayev ishi bo‘yicha otamga qarshi qanday guvohlik berganini ko‘rdingiz. Hozir ham shunday bo‘ladi».

Qo‘y-Toshdagi voqealar paytida Qodir Atamboyev onasi Raisa Atamboyeva bilan birga Issiqko‘lda dam olgani aytiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.