Rossiya mudofaa vaziri samolyotiga yaqinlashgan F-18 qiruvchisining videosi paydo bo‘ldi

Rossiya mudofaa vaziri samolyotiga yaqinlashgan F-18 qiruvchisining videosi paydo bo‘ldi
13 avgust kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning samolyoti Boltiq dengizidagi neytral suvlar uzra uchib o‘tayotganida unga NATOning F-18 qiruvchi samolyoti yaqinlashdi, deb xabar beradi Daryo nashri.

Shoygu Kaliningraddan Moskvaga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Qiruvchi samolyot vazir samolyotini kuzatib borgan ikkita Su-27 samolyotlari tomonidan siqib chiqarilgan.

Shoyguning samolyotidan olingan videoda mudofaa vaziri o‘tirgan samolyot tomon NATO qiruvchisi yaqinlashayotganini ko‘rish mumkin. Samolyot yoniga Su-27 uchib kelgach, F-18 vazirning samolyotidan uzoqlashib, ancha balandlagan.
[media=https://youtu.be/ldeqphgemKg]
Shoygu Kaliningradda ishchi safar bilan bo‘lgan va Naximov harbiy bilim yurti filiali tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.