Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi otishma oqibatida uch nafar tojik harbiysi halok bo‘ldi

Qirg‘iziston - Tojikiston chegarasidagi otishma oqibatida uch nafar tojik harbiysi halok bo‘ldi
Foto: elgezit.kg
16 sentyabr kuni kechqurun Qirg‘iziston - Tojikiston davlat chegarasida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida uch nafar tojik harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan.

Ular:
chegarachi komendant, podpolkovnik Ubaydulloyev Rustam Amonuloyevich, 1984 yilda tug‘ilgan, Hisorda yashagan;
oddiy askar Islomov Ramazon Ahmadovich, 1998 yilda tug‘ilgan, Vaxshda yashagan;
oddiy askar Suvonov Giyosiddin Nadmidinovich, 2000 yilda tug‘ilgan, Tursunzodada yashagan.

«Aziya-plyus» saytiga halok bo‘lganlar haqida Tojikiston huquq-tartibot idoralaridagi manba ma’lum qilgan.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi shunday xabar tarqatdi:

«2019 yil 16 sentyabr kuni soat 18:45da Qirg‘iziston tomoni So‘g‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumani, Ovchi-Kalach qishloq jamoasining «Bahor» mahallasidagi sport maydonchasi hududida noma’lum inshootni qurishga kirishgan. «Bahor» mahallasi aholisi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolarining ushbu noqonuniy xatti-harakatlariga qarshi chiqishdi va qurilish ishlarini to‘xtatishni talab qilishdi.

Qirg‘iz tomoni bahsli hududlarda chegaralar delimitatsiyasini belgilovchi ikki tomonlama kelishuvlarga zid ravishda harakat qildi hamda voqea joyiga 250-300 kishidan iborat qo‘shimcha harbiy kuchlarni safarbar etdi. Shundan so‘ng, ular provokatsion harakatlarni keltirib chiqarib, soat 19:00da «Bahor» mahallasining qurolsiz fuqarolariga qarata o‘q uzishdi, natijada Tojikiston Respublikasining bir necha fuqarosi yaralandi».
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.