Finlyandiya prezidentiga Trampning tizzaga urib qo‘yishi yoqmadi (video)

Finlyandiya prezidentiga Trampning tizzaga urib qo‘yishi yoqmadi (video)
Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvida qiziq voqea yuz berdi.
Tramp jurnalistning luqma tashlashiga javoban “Finlyandiya — dunyodagi eng baxtli davlat” deb javob bergach, Niinistyoning tizzasiga urib qo‘ygan.

Biroq Finlyandiya prezidenti bunday “xushmuomalikka” tayyor bo‘lmagan ko‘rinadi, shu zahotiyoq qo‘li bilan Trampga “kerak emas” degandek to‘xtatuvchi imo-ishora qilgan.
Ikki yetakchining uchrashuvi 2 oktyabrda Oq uyda bo‘lib o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.