Dunyoning eng mashhur kutubxonalari

Dunyoning eng mashhur kutubxonalari
Asrlar davomida kutubxonalar katta va kichik shaharlarning diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib kelgan va kutubxonalar axborot va bilimlar zaxirasi bo‘lib xizmat qilgan. Quyida dunyoga mashhur kutubxonalar va ular haqida ma’lumot beriladi.
Dunyoning eng mashhur kutubxonalari
Kongress kutubxonasi - bu shubhasiz, dunyodagi eng mashhur va eng katta kutubxona hisoblanib, bu asosan Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy kutubxonasidir. U shuningdek, mamlakatdagi eng qadimiy federal madaniy muassasadir va 32 milliondan ortiq kitoblar va 61 million qo‘lyozmalar hamda ko‘plab noyob, tarixiy hujjatlarga ega.
Dunyoning eng mashhur kutubxonalari
Britaniya muzeyining o‘quv zali - Britaniya muzeyida joylashgan bo‘lib, ushbu kutubxona axborot markazidir. Bu kutubxona ko‘rinishi bilan alohida ajralib turadi.
Dunyoning eng mashhur kutubxonalari
Bodlean kutubxonasi - Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu kutubxona Yevropadagi eng qadimgi kutubxonalardan biri va u 1602 yilda tashkil topgan.
Dunyoning eng mashhur kutubxonalari
Vatikan kutubxonasi - 1475 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu dunyodagi eng qadimiy kutubxonalardan biridir. Unda Bibliyaning eng qadimiy to‘liq qo‘lyozmasi va bir milliondan ortiq boshqa turdagi kitoblar bor.
Dunyoning eng mashhur kutubxonalari

Boston jamoat kutubxonasi - 1848 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu Amerikadagi mashhur kutubxona hisoblanadi va u 22 milliondan ortiq noyob kitoblarni o‘z ichiga olgan.
Dunyoning eng mashhur kutubxonalari
Shvetsiya Milliy kutubxonasi - ushbu kutubxona Shvetsiyaning barcha bosma nashrdagi kitoblarini o‘zida jamlagan va bu yerda 20 milliondan ortiq turli xil kitoblar mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Maftuna
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.