Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ishchilar janjallashib ketishdi (video)

Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ishchilar janjallashib ketishdi (video)
Moskva shahri markazida kecha, 24 noyabr kechki payt kurak va lomlar bilan qurollangan o‘nlab farroshlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi. «Vesti» voqea Xamovniki tumani, Yefremov ko‘chasida sodir bo‘lganini yozmoqda.

Politsiya 15 ga yaqin kishini qo‘lga olgan: ular asosan o‘zbekiston va qirg‘izistondan kelgan «Jiliщnik» DBM ishchilari bo‘lgan.
Ur-to‘polonda, Moskva IIBB xabariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Janjal sababi hozircha noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.