Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)

Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
KXDR yetakchisi Kim Chen In oq otida koreyaliklar uchun muqaddas bo‘lgan Pektusan tog‘iga ko‘tarildi. U oktyabr oyida ham bunday safarni amalga oshirgan edi.
Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
Bloomberg nashrining yozishicha, Shimoliy Koreya lideri muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin Pektusanga ko‘tarilishni odat qilgan.
Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
Kim Chen In Pektusanga 4 dekabr kuni Koreya inqilobiy va harbiy shuhrati aks etgan maskanni ko‘rish uchun keldi, deb xabar qildi STAK axborot agentligi.
Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
KXDR lideriga xotini Li Sol Chju va harbiy qo‘mondonlar hamrohlik qildi.
Tog‘da Ikkinchi jahon urushida yapon interventlariga qarshi kurash olib borgan partizanlar lageri joylashgan.
Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
Kim Chen In \"Shimoliy Koreya yoshlari Pektu inqilobi qadriyatlari asosida buyuk g‘oya va ruh bilan qurollanishi kerak\" dedi.
Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
Kim Chen In ilgari Pektusan tog‘iga mamlakat boshlig‘i lavozimida o‘ta og‘ir vaziyatlarda ko‘tarilgan: 2013 yil fevral oyida amakisi Chan Son Tayek qatl qilinishidan oldin, 2014 yil noyabr oyida otasining vafoti uchinchi yilligi arafasida, 2017 yil dekabr oyida Janubiy Koreya bilan munosabatlarni o‘rnatish arafasida.
Kim Chen In yana oq otda muqaddas toqqa ko‘tarildi (foto)
Pektusan tog‘i KXDRni boshqarayotgan sulola uchun ham muqaddasdir. Aytilishicha, Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir ham shu yerda tug‘ilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.