Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi

Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi
Dudeja 1995 yil 29 avgustda Uttar Pradesh shtatida tug‘ilgan. Uning otasi, Ved Parkash Dudeja temir yo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha ma’muriyat raisining o‘rinbosari, onasi esa G‘oziyobodlik Punam Dudeja uy bekasidir.

Afsuski, Nishtaning ikki qulog‘i ham eshitmaydi. Bu tug‘ma kasallik edi. Biroq, uning ota-onasi bu haqda qizaloq 3 yoshga to‘lgandagina payqashgan. U eshitish vositalaridan foydalanishni boshladi va nutq terapiyasi darslarini o‘rgandi. Nishta nutqini va tilini rivojlantirish uchun juda ko‘p harakat qilish kerak edi. Hutq terapevtining maslahati bilan uni oddiy maktabga yuborishdi.
Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi
Dudeja \"Kendriya Vidyalaya Gole Market up\" da 10-sinfgacha o‘qigan. Badiiy yo‘nalishda o‘qishiga qaramay, unga bitiruv yilida tijorat sohasini taklif qilishdi va Dehli universitetining \"Shri Venkatesvara\" kollejida savdo-sotiq bo‘yicha bakalavr diplomini oldi. Hozirda u Mumbaydagi \"Mithibai\" kollejida iqtisodiyot magistri unvoniga sazovor bo‘lmoqda.
Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi
Hindistonlik yosh qiz, 2018 yil 24-26 fevral kunlari Jaipur shahrida bo‘lib o‘tgan \"Miss and Mister Deaf India\" tanlovida ishtirok etdi. Butun Hindiston karlik san’ati va madaniyati jamiyati (AIDACS) homiyligida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tanlovda Nishta Dudeja 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qulog‘i eshitmaydigan Hindistonlik qiz "Miss and Mister Deaf India" tanlovi g‘olibasiga aylandi
Shuningdek, u tanlov davomida \"eng yaxshi soch turmagi\" mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Umida
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.