Hindistonlik musulmonlar ommaviy namoyishlarda vatanparvarlik namunasini ko‘rsatdi

Hindistonlik musulmonlar ommaviy namoyishlarda vatanparvarlik namunasini ko‘rsatdi
Hindiston musulmonlari muhojirlarni kamsituvchi islomofob qonunga qarshi norozilik mitinglarida o‘z vatanparvarliklarini namoyish etdi.

Namoyish qatnashchilari qo‘llarida mamlakat konstitutsiyasi, bayrog‘i va Hindiston mustaqilligi kurashchisi Mahatma Gandining suratini ko‘tarib olgan edi, deyiladi Reuters xabarida.
«Bu uch rangli bayroq bizning fashizmga qarshi kurashimiz timsolidir», – dedi parlamentning musulmon a’zosi Asaduddin Uvaysi Haydaroboddagi mitingda.

Hindistonlik siyosatshunos va sharhlovchi Shekxar Gupta islamofob qonunga qarshi namoyishlarda “o‘zining musulmonligidan qo‘rqmaydigan, vatanparvarligidan uyalmaydigan yangi musulmonlar” paydo bo‘lganini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda 1955 yilda qabul qilingan fuqarolik haqidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, musulmonlardan tashqari boshqa dinlarga mansub qochqinlarga fuqarolik beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.