Yangi yil kuni mast bo‘lib uxlab qolgan xonanda qilmishidan hamon uyalishini tan oldi

Yangi yil kuni mast bo‘lib uxlab qolgan xonanda qilmishidan hamon uyalishini tan oldi
Rossiyalik xonanda Lolitta Yangi yil kuni ichib mast bo‘lib qolgan va sharoblar to‘la qutilar ustida uxlab qolgan.

Rossiyalik xonanda Lolita Milyavskayaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning talabalik yillarida, Tambovda o‘qiyotganda sodir bo‘lgan. 31 dekabr kuni u restoranda yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan shouda kuylashi kerak bo‘lgan.

Yarim tun. Hamma charchagandi. Esimda, bir stakan venger sharobini ichib, o‘sha yerdagi qutilar ustida uxlab qolgandim\", - dedi Milyavskaya.

Ta’kidlanishicha, tashkilotchilar qo‘shiqchini uyg‘otishgan, Lolita sahnaga ham chiqqan, ammo mehmonlarni faqat Yangi yil bilan tabriklab, yana o‘sha joyga borib uxlab qolgan.
\"O‘sha ishimdan hali hamon uyalaman\", deb tan oladi Lolita.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.