Jahonning eng kuchli qurolli kuchlari reytingi yangilandi

Jahonning eng kuchli qurolli kuchlari reytingi yangilandi
Foto: «Pinterest»
«Global Firepower» eng kuchli armiyalar reytingini yangiladi: jami 137 mamlakat orasida O‘zbekiston 48-o‘rinni egalladi.
Jahonning eng kuchli qurolli kuchlari reytingi yangilandi
O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 39-o‘rinda edi.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari reytingda quyidagicha joylashdi: Qozog‘iston — 54-o‘rin (o‘tgan yili — 50-o‘rin), Turkmaniston — 75-o‘rin (o‘tgan yili — 80-o‘rin), Qirg‘iziston — 91-o‘rin (o‘tgan yili — 91-o‘rin), Tojikiston — 94-o‘rin (o‘tgan yili — 96-o‘rin).
Afg‘oniston armiyasi ushbu reytingda 74-o‘rin (o‘tgan yili — 71-o‘rin)dan joy oldi.

Dastlabki uch o‘rinda — AQSH, Rossiya va Xitoy.
Jahonning eng kuchli qurolli kuchlari reytingi yangilandi
Shuningdek, Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya yetakchi o‘nlikda.
Jahonning eng kuchli qurolli kuchlari reytingi yangilandi
Reytingdagi oxirgi uch mamlakat — Surinam, Liberiya va Butan.
Jahonning eng kuchli qurolli kuchlari reytingi yangilandi
«Global Firepower» reytingi 55 xil ko‘rsatkichga asoslanadi, qurol-yarog‘ning nafaqat umumiy soni, balki xilma-xilligi ham e’tiborga olinadi. Reyting asoslangan formula kichik, ammo texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga yirik, biroq texnologiyalari qoloqroq mamlakatlar bilan raqobatlashish imkonini beradi.

Reytingni tuzishda geografik omillar, logistik qulayliklar, tabiiy resurslar, moliyaviy barqarorlik, ichki sanoatning rivojlanganlik darajasi inobatga olinadi. Mazkur reytingda yadro qurollarining mavjudligi, dengizga chiqish yo‘llari bo‘lmagan mamlakatlarda flotning yo‘qligi ahamiyatga ega emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.