Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Foto: «Ir.voanews.com»
Xitoyning Xebey provinsiyasi Neysyu uyezdi politsiyasi Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atdi, deb yozadi «RIA Novosti»ga tayanib \"Xabar\" nashri.
Juma kuni unga yangi tipdagi koronavirus chaqirgan zotiljam tashxisini qo‘yishdi. U 77 nafar inson, jumladan, shifoxona xodimlari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Ayolning familiyasi — Lyu, u 64 yoshda. 17 yanvar kuni u turmush o‘rtog‘i, qizi, kuyovi va nevaralari bilan Uxandan Neysyuga qaytib kelishadi. 31 yanvar kuni uning nafas olishi qiyinlashadi va shifoxonaga yotadi. U va oilasi Uxanga borganini 6 fevralgacha yashirib kelishadi.
Hukumat izolyatsiya choralarini ko‘rdi: Neysyudagi an’anaviy Xitoy tabobati klinikasini, Syaodun tumanidagi stomatologiya klinikasini hamda bemor bo‘lgan va yashagan hamma joylarni yopdi.
Bir kun oldin Xitoy sharqidagi Futszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirgan erkakni qo‘lga olishdi. U ham Uxanga borganini yashirib kelgan. Qaytib kelgach bir qancha ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan. U tufayli qariyb 4 ming kishi karantinga tushgan, ulardan 7 nafari koronavirusni yuqtirishga ulgurgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xitoyning Xebey provinsiyasi Neysyu uyezdi politsiyasi Uxanga borganini yashirgan ayolga nisbatan ish qo‘zg‘atdi, deb yozadi «RIA Novosti»ga tayanib \"Xabar\" nashri.
Juma kuni unga yangi tipdagi koronavirus chaqirgan zotiljam tashxisini qo‘yishdi. U 77 nafar inson, jumladan, shifoxona xodimlari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Ayolning familiyasi — Lyu, u 64 yoshda. 17 yanvar kuni u turmush o‘rtog‘i, qizi, kuyovi va nevaralari bilan Uxandan Neysyuga qaytib kelishadi. 31 yanvar kuni uning nafas olishi qiyinlashadi va shifoxonaga yotadi. U va oilasi Uxanga borganini 6 fevralgacha yashirib kelishadi.
Hukumat izolyatsiya choralarini ko‘rdi: Neysyudagi an’anaviy Xitoy tabobati klinikasini, Syaodun tumanidagi stomatologiya klinikasini hamda bemor bo‘lgan va yashagan hamma joylarni yopdi.
Bir kun oldin Xitoy sharqidagi Futszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirgan erkakni qo‘lga olishdi. U ham Uxanga borganini yashirib kelgan. Qaytib kelgach bir qancha ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan. U tufayli qariyb 4 ming kishi karantinga tushgan, ulardan 7 nafari koronavirusni yuqtirishga ulgurgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













