Bill Geyts koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali chorasi nima ekanligini aytdi

Bill Geyts koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali chorasi nima ekanligini aytdi
Foto: Getty Images
Milliarder va Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts agarda u prezident bo‘lganida koronavirusga qarshi kurashda qanday choralar ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Tadbirkor koronavirusga qarshi kurashishning asosiy chorasi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish ekanligini ta’kidladi.

Asosiy g‘oya shundaki, bizda o‘zimizni izolyatsiya qilishdan boshqa yo‘l yo‘q. Agar o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishning barcha shartlariga milliy darajada amal qilinsa, 20 kundan keyinoq infeksiya tarqalishi pasayishini ko‘rasiz”, dedi u.

Geyts shuningdek, mamlakatdagi hayot tarzini to‘xtatish \"unchalik oson ish emas\"ligini e’tirof etdi.
U avvalroq koronavirusni XX asrda 50 mln kishining o‘limiga sabab bo‘lgan “ispan grippi”ning XXI asrdagi “muqobili” deb atagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.