Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi

Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi
Foto: Daily Mail
Buyuk Britaniyadagi eng katta oila sohibasi bo‘lgan Syu Redford 22-farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar berdi Daily Mail\'ga tayanib Daryo.
45 yoshli ayol farzandini Lankaster shahridagi davlat kasalxonasida dunyoga keltirgan. Chaqaloq 3,2 kilogramm vazn bilan tug‘ilgan.

Endilikda ayol oiladagi 11-qiz farzand bo‘lgan chaqaloqqa 49 yoshli turmush o‘rtog‘i Noel bilan ism tanlamoqda.
«Koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat ortidan hozir tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani ololmaymiz», — deydi ayol.

Jurnalistlar bilan suhbatda Redford COVID-19 pandemiyasi davrida tug‘ishga qo‘rqqanini aytgan.
«Men Noelni oldimga qo‘yishmasliklaridan qo‘rqdim. Bu hayotimdagi eng g‘ayrioddiy jarayon bo‘ldi. Shu bilan birga bu katta tajriba hamdir», — deydi ayol.
Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi
Foto: Daily Mail

Ko‘p farzandli oila Angliyaning Morkam shahrida, o‘nta yotoqxonali uyda yashaydi. Ularning to‘ng‘ich farzandi Kristofer 30 yoshda. U va uning 26 yoshli singlisi Sofi ota-onalaridan alohida yashaydi. Sofi turmushga chiqqan, uning ikki qizi va bir o‘g‘li bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.