Epidemiolog koronavirusning yashirin quroli haqida to‘xtalib o‘tdi

Epidemiolog koronavirusning yashirin quroli haqida to‘xtalib o‘tdi
Foto: «Sonar2050.org»
N.F.Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg koronavirusning alomatsiz turi va uning asosiy xavflaridan birini izohlab berdi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, virusning «makkorligi» shundaki, COVID-19 tashuvchisida ikki hafta davomida hech qanday alomat yuzaga chiqmasligi mumkin.

«Shu bois shuncha vaqt davomida koronavirusni yuqtirgan odam kasallik alomatlarisiz yashirin xavf-xatar hisoblanishi va u atrofdagilar uchun kasallikni yuqtirish manbaiga aylanishi mumkin», — dedi Ginsburg «RЕN TV» telekanaliga bergan intervyusida.
Epidemiolog kasallik tashuvchilarini vaqtida aniqlash va ularni izolyatsiya qilish nihoyatda muhimligini ta’kidladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.