Mini-motosikl minib olgan maymun bolakayni o‘g‘irlashga urindi (video)

Mini-motosikl minib olgan maymun bolakayni o‘g‘irlashga urindi (video)
Skrinshot: YouTube
Avstraliyaning 9news nashri 4 may kuni maymun bolakayni o‘g‘irlab ketishga uringani tasvirlangan videoni e’lon qildi. Hayvon bolakayni o‘g‘irlash uchun mini-motosiklda kelgan.

Taxminlarga ko‘ra, video Indoneziyada tasvirga olingan. Avstraliyalik jurnalistlarning fikricha, bolakayning maymun tomonidan o‘g‘irlanishiga insonlarning aloqasi bor: hayvon juda uzun ipga bog‘langan bo‘lishi mumkin.

Jinoyat oxiriga qadar sodir etilmagan. Maymunni mahalliy aholining baqir-chaqirlari qo‘rqitib yuborgan va u bolakayni tashlab qochib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.