Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Foto: TASS, Mixail Metsel
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. O‘zgarishlar 4 iyuldan kuchga kiradi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish 1 iyul kuni yakunlandi.
Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish natijalarini e’lon qildi.
Protokollar yuz foiz hisob-kitob qilib chiqilganidan keyin, referendumda qatnashganlarning 77,92 foizi o‘zgartirishlarni yoqlagani, 21,27 foizi esa qarshi bo‘lganini bildirdi.
MSK raisi Ella Pamfilovaning ma’lum qilishicha, saylovda davomat 65 foizni tashkil etgan. Bu 1993 yildagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumdagidan yaxshiroq, o‘shanda davomat 54,8 foizni tashkil etgan va saylovchilarning 58,4 foizi Konstitutsiyani ma’qullagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiya prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. O‘zgarishlar 4 iyuldan kuchga kiradi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish 1 iyul kuni yakunlandi.
Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish natijalarini e’lon qildi.
Protokollar yuz foiz hisob-kitob qilib chiqilganidan keyin, referendumda qatnashganlarning 77,92 foizi o‘zgartirishlarni yoqlagani, 21,27 foizi esa qarshi bo‘lganini bildirdi.
MSK raisi Ella Pamfilovaning ma’lum qilishicha, saylovda davomat 65 foizni tashkil etgan. Bu 1993 yildagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumdagidan yaxshiroq, o‘shanda davomat 54,8 foizni tashkil etgan va saylovchilarning 58,4 foizi Konstitutsiyani ma’qullagandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













