Rossiyadagi dorixonalarda koronavirusdan davolashga mo‘ljallangan dorilar sotuvi boshlanadi

Rossiyadagi dorixonalarda koronavirusdan davolashga mo‘ljallangan dorilar sotuvi boshlanadi
Foto: RIA \"Novosti\"
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik ikkita dori vositasidan ambulator sharoitda foydalanishga ruxsat bergan.

«Koronavir» preparati Rossiyadagi dorixonalarda sotiladigan koronavirusdan davolashga mo‘ljallangan ilk dori bo‘ladi. Bu haqda «R-Farm» kompaniyasi vakiliga tayanib RBK xabar berdi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, vazirlik ikkita dori vositasidan ambulator sharoitda foydalanishga ruxsat bergan.

TASS xabariga ko‘ra, kelasi haftadan dorixonalarda yana bir preparat - «Areplivir» sotuvga chiqariladi. Bu dori Promomed» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.

\"Areplivir\"ning xalqaro patentlanmagan nomi \"Favipiravir\" bo‘lib, u Yaponiyada grippdan davolash uchun ishlab chiqilgan va 2014 yilda qo‘llashga ruxsat etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.