Nike dunyoning eng qimmat kiyim brendi deb topildi

Nike dunyoning eng qimmat kiyim brendi deb topildi
Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko
Nike dunyoning 2020 yildagi eng qimmat kiyim brendi bo‘ldi. U 34,3 milliard dollarga baholandi. Bu haqda Interbrand konsalting agentligi ma’lum qildi.

Agentlik tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Nike joriy yilda o‘tgan yil bilan taqqoslaganda olti foizga qimmatladi. U dunyoning eng qimmat kompaniyalari umumiy reytingida 15-o‘ringa ko‘tarildi.

Undan bir pog‘ona pastda Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi joylashdi (umumiy reytingda 17-o‘rin).

Ulardan keyingi o‘rinni narxi 21,2 milliard dollar deb baholangan Chanel brendi egalladi. Yuqori beshlikka shuningdek, Hermes modalar uyi va Gucci kompaniyasi joylashdi.

Adidas ro‘yxatning 50-qatoridan joy oldi, Dior va Prada esa mos ravishda 83- va 99-o‘rinlarni egalladi.
Nike o‘tgan yil oktabrida dunyodagi eng qimmat sport brendi deb topilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.