Ledi Gaganing itlarini o‘g‘irlab ketganlar 500 ming dollar pul talab qilmoqda

Ledi Gaganing itlarini o‘g‘irlab ketganlar 500 ming dollar pul talab qilmoqda
Foto: Instagram / @LadyGaga
Amerikalik taniqli qo‘shiqchi Ledi Gaganing ikkita fransuz buldogini o‘g‘irlab ketishdi, itlarni sayrga olib chiqqan yordamchisi esa yaralangan. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayanib, TMZ nashri xabar berdi.

Ko‘ngilsiz hodisa 24 fevral kuni sodir bo‘lgan. Qurollangan bosqinchilar uchta itni sayrga olib chiqqan erkakka hujum uyushtirgan. Bir nechta o‘qdan yarador bo‘lgan yordamchining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Jinoyatchilar o‘g‘irlab ketilgan ikkita it uchun 500 ming dollar miqdorida pul talab qilmoqda.
Ledi Gaganing itlarini o‘g‘irlab ketganlar 500 ming dollar pul talab qilmoqda
Foto: Instagram / @LadyGaga
Ma’lum qilinishicha, Ledi Gaga hozirda Rimda bo‘lib, u to‘lovni to‘lashga tayyor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.