Chexiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Foto: «ACTU.cz/aktu.media»
Chexiya Respublikasining Teplitsa shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 4 aprel kuni TN.nova telekanali xabar berdi.
To‘qnashuvdan so‘ng lokomotivlardan biri yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishga to‘qqizta yong‘in brigadasi jalb qilingan.
Shuningdek, bir kishi jabrlangani ma’lum, u vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari shug‘ullanmoqda. Hodisa temir yo‘l inspeksiyasi tomonidan tekshirilmoqda.
Temir yo‘llarning bosh inspektori Yan Kucheraning so‘zlariga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida temir yo‘lga zarar yetgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Chexiya Respublikasining Teplitsa shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 4 aprel kuni TN.nova telekanali xabar berdi.
To‘qnashuvdan so‘ng lokomotivlardan biri yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishga to‘qqizta yong‘in brigadasi jalb qilingan.
Shuningdek, bir kishi jabrlangani ma’lum, u vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.
Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari shug‘ullanmoqda. Hodisa temir yo‘l inspeksiyasi tomonidan tekshirilmoqda.
Temir yo‘llarning bosh inspektori Yan Kucheraning so‘zlariga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida temir yo‘lga zarar yetgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













