Emomali Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi

Emomali Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi
Foto: «Yandeks Dzen»
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 4 may kuni qator tayinlovlar to‘g‘risida farmon va buyruqlarni imzoladi, deya xabar bermoqda Asia Plus.

Xususan, prezident farmoni bilan Abdujabbor Rahmonzoda prezidentning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Boshqa farmon bilan u Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Tojikistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Sodiq Imomiy aprel oyida mamlakatdagi missiyasini yakunlagan. U 22 aprel kuni Abdulaziz Komilov qabulida, 23 aprel kuni esa Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.