Alisher Usmonovning ulkan yaxtasi musodara qilindi

Alisher Usmonovning ulkan yaxtasi musodara qilindi
Milliarder Alisher Usmonovning «Dilbar» yaxtasi.
Germaniya hukumati Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari munosabati bilan Evropa Ittifoqining sanktsiyalar roʻyxatida boʻlgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasini musodara qildi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.

Rossiyalik oligarxning yaxtasi Gamburgdagi Blohm + Voss kemasozlik zavodida 2021 yil oktyabr oyidan beri ta'mirlashda boʻlgan. Amerika nashri xabariga koʻra, chorshanba kuni kemani ta'mirlash bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar ishga kelmagan. Bunga Germaniya rasmiylarining Usmonovning mol-mulkini hibsga olish qarori sabab boʻlgani aytiladi.

Usmonovning ushbu yaxtadan tashqari London, Myunxen va Monakodagi villalari ham bor.

156 metrli «Dilbar» yaxtasining narxi 600 million dollarga baholanadi. Ta'kidlashicha, bu dunyodagi eng katta motorli yaxta boʻlib, uning ekipaji 96 kishidan iborat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.