Yana bir milliarderning qimmatbaho yaxtasi hibsga olindi

Yana bir milliarderning qimmatbaho yaxtasi hibsga olindi
«A» yaxtasi – dunyodagi eng katta elkanli kema hisoblanadi
Italiya moliya gvardiyasi rossiyalik tadbirkor Andrey Melnichenkoning «A» yaxtasini hibsga oldi, deb xabar bermoqda a Repubblica. Uning narxi 530 million evroga baholangan.

«A» yaxtasi – dunyodagi eng katta elkanli kema hisoblanadi. Kema mashhur frantsuz dizayneri Filipp Stark tomonidan ishlab chiqilgan. Yaxta 2008 yilda Germaniyaning Kil shahrida foydalanishga topshirilgan.

Melnichenko Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti natijasida 9 mart kuni Evropa Ittifoqining sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan edi.

Forbesning eng boy odamlar reytingida u Rossiyada toʻqqizinchi va dunyoda 165-oʻrinda (11,6 milliard dollar), Bloomberg reytingi boʻyicha esa Rossiyada ikkinchi va dunyoda 66-oʻrinda (21,4 milliard dollar) qayd etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.