Rossiyaning o‘ndan ortiq kemasi Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi

Foto: Getty Images
Boltiq flotining 10dan ortiq kemasi Boltiq dengizidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Boltiq floti bo‘yicha g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.
\"Boltiq floti jangovar tayyorgarligi doirasida kemalar qator taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Boltiq dengiziga chiqdi\", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, mashg‘ulotlarda zarba beruvchi va mina qidiruvchi kemalar guruhlari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida \"dushman\" kemalariga, turli murakkablikdagi havo va dengiz nishonlariga zarbalar berish, artilleriya mashqlari bajariladi.
Ekipajlar shartli suvosti kemasini topish va yo‘q qilish bo‘yicha ham mashqlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarga flot dengiz aviatsiyasi va mingdan ortiq harbiy jalb etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Boltiq flotining 10dan ortiq kemasi Boltiq dengizidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Boltiq floti bo‘yicha g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati.
\"Boltiq floti jangovar tayyorgarligi doirasida kemalar qator taktik mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Boltiq dengiziga chiqdi\", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, mashg‘ulotlarda zarba beruvchi va mina qidiruvchi kemalar guruhlari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida \"dushman\" kemalariga, turli murakkablikdagi havo va dengiz nishonlariga zarbalar berish, artilleriya mashqlari bajariladi.
Ekipajlar shartli suvosti kemasini topish va yo‘q qilish bo‘yicha ham mashqlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarga flot dengiz aviatsiyasi va mingdan ortiq harbiy jalb etilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













