O‘zingiz haqingizda bilishingiz kerak bo‘lgan qimmatli sifatlar...

O‘zingiz haqingizda bilishingiz kerak bo‘lgan qimmatli sifatlar...
O‘zingiz haqingizda bilishingiz kerak bo‘lgan qimmatli sifatlar...
Quyidagi ma’lumotlar asosida o‘zingiz tug‘ilgan soat bo‘yicha xarakteringiz haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘ling:
  • Soat 24:00dan 2:00gacha intiluvchan va sinchkov bolalar dunyoga kelarkan.
  • Soat 2:00 va 4:00 oralig‘ida esa serg‘ayrat, o‘z foydasini ko‘zlaydigan insonlar hamda tabiatan iste’molchi kimsalar tug‘iladi.
  • Soat 4:00dan to 6:00gacha tug‘ilgan chaqaloqlar to‘g‘riso‘z, har qanday murakkab ishni ham bajara oladigan bo‘lishadi.
  • Soat 6:00-8:00da xayolparast, orzularga beriluvchan, ko‘ngli noziklar dunyo yuzini ko‘radi.
  • Soat 8:00 va 10:00da insonparvar, yoqimtoy chaqaloqlarni bag‘ringizga bosasiz.
  •  Soat 10:00dan to 12:00gacha esa izzattalab va ishi uchun jonini fido qiluvchi, mansab cho‘qqilarini egallovchi shaxslar tug‘iladi.
  • Soat 12:00 va 14:00 oralig‘ida dunyoga kelganlar sayyohatni sevadigan, qaltis vaziyatlardan osonlikcha chiqib keta oladigan bo‘lishadi.
  • Soat 14:00-16:00 esa mehnatkashlar, qiyinchilikdan qochmaydiganlar tug‘iladigan vaqt.
  • Soat 16:00 va 18:00 oralig‘ida tinchlikparvar va hammaga yaxshilik istaydigan farzandlarni dunyoga keltirasiz.
  • Soat 18:00-20:00 ruhan kuchlilar vaqti.
  • Soat 20:00dan 22:00gacha «yulduz»lar dunyoga keladi, ular shunchaki yashamasligi kerak, shohona hayot, e’tibor va mashhurlikni istashadi.
  • Soat 22:00 va 24:00 oralig‘ida esa faylasuflar, donishmandlar, ichki dunyosi boy, vaziyatga o‘zgacha nigoh bilan qaraydigan insonlar tug‘iladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.