Parkentda onasiga tahdid qilgan ayol qamoqqa olindi

Parkentda onasiga tahdid qilgan ayol qamoqqa olindi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida o‘z onasiga nisbatan haqorat va tahdid qilgan 37 yoshli ayolga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 6 may kuni yuz bergan bo‘lib, shu kunning o‘zida hududiy ichki ishlar organlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganilgan. Ayol onasiga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgani aniqlangan.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi va ilgari ham davolanish muolajalarini olgan. Uning xatti-harakatlaridagi ayrim noodatiy holatlar ham aynan sog‘lig‘i bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.

Shuningdek, ayol avvalroq onasiga nisbatan berilgan himoya orderi talablarini ham buzgan. Shu bois unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir nechta moddalari — himoya orderiga amal qilmaslik, mayda bezorilik va haqorat qilish holatlari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, 37 yoshli ayol 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Mutasaddilar bunday holatlarda oilaviy nizolarni zo‘ravonliksiz, qonuniy yo‘l bilan hal qilish zarurligini eslatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.