Yugurishning eng katta foydasi ma’lum qilindi


Amerikalik olimlar yugurish bilan shug‘ullanishning o‘tirgan holdagi hayot tarziga nisbatan ustunligini ma’lum qilishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot haqida Arizona universiteti (AQSh) xabar bermoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, yugurish bilan shug‘ullanish bosh miyaning turli qismlaridagi o‘zaro aloqalarning yaxshilanishiga olib keladi. Xususan, yuguruvchilarda rejalashtirish, qarorlar qabul qilish boshqalarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan.
Olimlar bunday xulosaga ikki guruhdagi yigitlar (18-25 yosh) bosh miyasini magnitli-rezonans tomografiyasidan o‘tkazib kelishgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tadqiqot aynan yoshlarga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, olimlar yuguruvchilarda bunday holatlarni yaxshilovchi aniq bir sabablarni ma’lum qilishmagan. Bunga jismoniy tarbiyaning ijobiy ta’siri ham turtki berishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













