Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari

Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari
24 yanvar kuni jahon modalari poytaxti – Parijda haute couture afsonaviy Chanel modalar uyi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Daryo nashri.
Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari

Bu ko‘rgazmani marka uchun an’anaga aylangan tvid matoli kostyumlar ochib berdi. Yoz mavsumi uchun yashil, havorang va sariq ranglarning nozik tuslari tanlab olingan.
Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari

Kostyumning deyarli barcha modellari yirik kamarlar bilan ta’minlangan. Bezak sifatida fransuz vintaji uslubidagi shlyapalardan foydalanilgan. Modellar oyoqlariga marvarid halqalar bilan bezatilgan kumushrang tuflilar kiygan.
Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari

Tantanali kecha liboslari yaltiroq va yanada yaltiroq matolardan tashkil topgan. Hashamatli atlas kumushsimon mato bilan birgalikda ajoyib ko‘rinish yaratgan.
Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari

Kecha liboslari ko‘p sonli burmalar, qatlamlar va nozik kapalak nusxa shaklidagi bantlar bilan bezalgan. Pat — libosga noziklik va latofat qo‘shuvchi yana bir element.
Parijda bo‘lib o‘tgan Chanel modalar ko‘rgazmasining eng yorqin onlari

Ko‘rgazmaning oxirgi libosini Jonni Deppning 17 yoshli qizi Lili-Rouz Depp namoyish qildi. Etagi ko‘p qavatli to‘rdan va engi keng qilib tikilgan och qizil rangli ko‘ylak yaxlit belbog‘ va kumushrang tufli bilan to‘ldirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.