Qahva haqidagi olimlar rad etgan uydirmalar

Qahva haqidagi olimlar rad etgan uydirmalar
Qahva haqidagi olimlar rad etgan uydirmalar

Qahva dunyo bo‘yicha eng sevimli ichimliklardan biri hisoblanadi. Lekin qahvaning foydasiga ba’zilar e’tiroz bildiradi, deb yozadi Daryo nashri. Agar siz ham qahvaning foydali xususiyatlariga shubha bilan qarasangiz, bu maqolamiz siz uchun.

Qahva bolalarga to‘g‘ri kelmaydi

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar bu ichimlikni me’yorida iste’mol qilish sog‘liqqa hech qanday zarar etkazmasligini isbotladi.

Qahva organizmni suvsizlantiradi

Haqiqatan ham qahva tarkibidagi kofein kuchli siydik haydovchi vosita hisoblanadi. Lekin qahva ichimligi ham asosan suvdan tashkil topganligini ko‘pchilik o‘ylamaydi.

Qahva hushyor torttiradi

Qahva uyquni qochiradi va tetiklashtiradi, lekin mastlikni tarqatmaydi.

Espressoda kofein oddiy qahvadagidan ko‘ra ko‘proq

Haqiqatan ham espressoda kofein miqdori ko‘proq bo‘ladi. Lekin, odatda espresso 25–35 ml hajmli ya’ni oddiy qahva idishlaridan 2-3 baravar kichkina idishlarda ichiladi. Shunga ko‘ra, iste’mol qilinayotgan espresso va oddiy qahva ichimliklarining miqdorini hisobga olganda ikkala hol uchun ham kofein bir xil tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.