Kartoshka yanada mazali bo‘lishi uchun…

Kartoshka yanada mazali bo‘lishi uchun…
Ba’zilar qovurilgan kartoshkani xush ko‘rib iste’mol qiladi. Ammo hamma ham uni qanday qilib qovurishni yaxshi bilmaydi. Quyidagi tavsiyalarimiz esa bunda sizga yordam berishi mumkin:
* kartoshkani tovaga solishdan avval tovaning o‘zi ham, undagi yog‘ ham yaxshi qizigan bo‘lishi zarur;
* butun tayyorlanish jarayonida kartoshkani 3-4 marotaba aralashtirish kerak;
* tuz eng oxirida solinadi;
* piyoz yoki sarimsoq, ziravorlar taom tayyor bo‘lishidan 3-5 daqiqa oldin solinishi kerak.
Tayyor kartoshkani qizib turgan yog‘ga baland olovda solib, 3-4 daqiqadan so‘ng aralashtirish mumkin. Shunda usti qirsillab pishadi. So‘ngra idish qopqog‘ini yopib, 7-9 daqiqa davomida qovurish tavsiya qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.