Salomatlik uchun xavfli bo‘lgan smartfonlar ma’lum qilindi

Salomatlik uchun xavfli bo‘lgan smartfonlar ma’lum qilindi
Mutaxassislar tadqiqot o‘tkazishdi va nurlanish darajasi bo‘yicha inson salomatligiga eng katta xavf uyg‘otuvchi telefonlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda Statista statistika portalining tvitterida xabar berilgan.

Reytingga ko‘ra, bugungi kunda insoniyat tomonidan ishlatiladigan deyarli barcha telefonlarni radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgani sababli xavfli, deb atash mumkin.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, nurlanish darajasi1,75 Vt/kg bo‘lgan Xiaomi Mi A1 (2017 yilda ishlab chiqarilgan) eng xavfli smartfonga aylandi. Ikkinchi zararli gadjetga OnePlus 5T bo‘ldi - 1,68 Vt/kg, keyin 1,58 Vt/kg bilan Xiaomi Mi Max 3. Ta’kidlanishicha, reytingdan nurlanish darajasi 1,38 Vt/kg va 1,32 Vt/kg bo‘lgan Iphone 7 hamda Iphone 8 ham joy oldi.

Ro‘yxatdagi aksariyat o‘rinni Xiaomi, OnePlus va HTC brendlarining modellari egalladi.
Salomatlik uchun xavfli bo‘lgan smartfonlar ma’lum qilindi
Olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, sotib olish uchun rasman mavjud bo‘lgan telefonlar SAR - 1,6 Vt.gacha ruxsat etilgan darajaga mos kelishi kerak.
SAR - gadjetdan foydalanish chog‘ida bir soniyada inson organizmiga nurlanish ta’sir darajasini ko‘rsatuvchi tasnif.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.