Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz

Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
Foto: «AiF»
Pitssa bolalar va kattalar uchun hamisha sevimli bo‘lgan. Uni nonushta, tushlik hatto kechki ovqat o‘rniga ham yeyish mumkin.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Un— 1,5 piyola
Tuz — ta’bga ko‘ra
Shakar — 2 choy qoshiq
Zaytun yog‘i — 1 choy qoshiq
Xamirturush — 1 choy qoshiq
Suv — 130 ml

Nachinkasi uchun:
Kolbasa — 50 gramm
Bulg‘or qalampiri — 2 dona
Zaytun — 10-15 ta
Pomidor — 5 dona
Pishloq —50-80 gramm
Tomat pastasi — 3 osh qoshiq
Tuzlangan qo‘ziqorin

Tayyorlanish jarayoni:
- Xamirga ketadigan masalliqlarni qo‘shib oshirma xamir qiling.
- Tayyor bo‘lgach 1 soat davomida tinishini kuting.
- Xamirni aylana shaklida unlab yoying.
- Xamir ustini yog‘lab oling.
- So‘ngra tomat pastasini xamir ustidan surib chiqing. Tomat o‘rniga ketchupdan ham foydalanish mumkin.
- Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib xamir ustini u bilan qoplang.
- Kolbasani kesib pishloq ustidan terib chiqing.
- Zaytunni aylana shaklida kesib kolbasa orasidagi bo‘sh joylarga qo‘ying.
- Keyingi bosqichda bo‘lsa qolgan mahsulotlar: bulg‘or qalampiri, pomidor va qo‘ziqorinni xamir ustiga qo‘ying.
- Pitssani 30 daqiqaga, 190 darajada qizib turgan duxovkaga qo‘ying.
Pitssa tayyor, yoqimli ishtaha!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.