Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi
Psixologlarning ta’kidlashicha, siz sevgan rang (yoki ranglar) sizning shaxsiy rangingizni belgilab beradi. Ularga ko‘ra, siz tanlagan rang sizning jismoniy, aqliy hamda hissiy holatlaringiz haqida so‘z yuritadi. Qolaversa, siz yoqtirmagan rang (yoki ranglar) esa, sizning zaif tomonlaringizni aniqlashga yordam beradi.
Keling endi, shaxsiyatni aniqlashga ko‘maklashuvchi ranglar haqida so‘z yuritsak.

Qizil - bu rangni yoqtiruvchilar o‘ziga ishongan odamlar hisoblanadi. Ular cho‘rtkesar, qiziqqon va bir oz jahldor bo‘lishadi. Qizil rang kuchli his-tuyg‘u belgisi hamdir.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Yashil rang avvalo, kishining ruhiy holatini muvozanatga keltirishda yordam beradi. Bundan tashqari, yashil rang fikrni jamlashda ham foydali. Bu esa mas’uliyatli ishda juda muhim. Bu rangni yoqtiruvchi ayollar qat’iyatli, serg‘ayrat, o‘ziga ishongan odamlar. Sinchikovlik va tanqid qilishda ustasi farang. Ular his-tuyg‘ularga qattiqqo‘l.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Ko‘k rangni yoqtiruvchilar vazmin va jiddiy odamlar. Ular tabiatan o‘ta mehribon bo‘lishadi. Agar ular sevib qolsa, o‘sha odamga butun umr bog‘lanadilar.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Oq rangni sevuvchilarning fe’l-atvori qarama-qarshiliklarga to‘la. Bugun boshqacha o‘ylasa, ertaga boshqacha o‘ylaydi. Ammo bu rang ichki siqilishga barham beradi. Sof va toza his-tuyg‘u yetishmaganda bu rangdan foydalanish maqsadga muvofiq. Dilni yayratib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi!
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Qora rang o‘ziga ishonganlik, mustaqillik belgisini ifodalaydi. Bu rangni xush ko‘ruvchilar hech qanday to‘siqlarga qaramasdan, faqat maqsadi sari olg‘a intiluvchilar bo‘lishadi. Shuningdek, bu rang vazminlik hamda barqarorlik belgisi hamdir.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Kulrangni yoqtiruvchilar sinchkov odamlar hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda atrofdagilarga o‘z his-tuyg‘ularini oshkor qiladi. Ular tashqi tarafdan sipo ko‘rinsalarda, ichki olami juda nozik odamlardir.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Jigarrangni sevuvchi insonlar oddiy hayotni xush ko‘ruvchilar sirasiga kiradi. Bu hayotda ularni xursand bo‘lishiga sababchi bo‘lgan insonlar yoki narsalarni juda ham qadrlashadi.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Zarg‘aldoq rang kirishimlik belgisidir. Bu rangni yoqtiruvchilar xuddi kapalak misoli bo‘lishadi. Ular insonlarni chin dildan yoqitirib qolishadi va hamisha atrofida girdikapalak bo‘lishadi.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Sariq rangni yoqtiruvchilar odatda xayolparast bo‘lishadi. Ular ko‘p vaqtini xayol surish bilan o‘tkazishadi. Bunday insonlar oldiga katta-katta maqsadlar qo‘yadi-yu, ammo maqsadi sari intilishda biroz sustlik qiladilar.
Yoqtirgan rangingiz siz haqingizda so‘zlaydi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Umida
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.