Moskva birjasida yuan va rubl valyuta juftligi savdosi boshlandi

Moskva birjasida yuan va rubl valyuta juftligi savdosi boshlandi
Moskva birjasida yuan va rubl valyuta juftligi savdosi boshlandi

Zamin.uz - Moskva fond-birjasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugundan boshlab birjada “yuan-rubl” valyuta juftligining fyuchers savdosi ochildi.
“Yangi fyuchers savdosining ochilishi Moskva fond-birjasida yuan bilan savdo qilish hajmining sezilarli darajada o‘sgani, Rossiya valyuta bozorida yuan-rubl juftligi ishtirokidagi konversion operasiyalar ulushining ko‘payishi, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tashqi savdo shartnomalari operasiyalariga bo‘lgan talabning oshishi sabab bo‘ldi”, – deyiladi matbuot xabarnomasida.

O‘tgan yilning may oyida Rossiya va Xitoy rahbarlari hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib borish haqida kelishuvga erishdi. Oktyabr oyida esa ikki mamlakat markaziy banklarining rahbarlari valyuta svoplari haqidagi kelishuvga imzo chekishdi. 2014 yilning oxiriga kelib Moskva birjasida yuan savdosi 8 barobarga o‘sib, 395 mlrd rublni tashkil etdi.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.