Qozog‘iston tangani yana 30 foizga qadrsizlantirishiga to‘g‘ri keladi


AQShdagi eng yirik bank xoldinig Bank of America tahlilchilarining fikricha, Qozog‘iston iqtisodiy tushishning oldini olish uchun tangani yana 30 foizga qadrsizlantirishiga to‘g‘ri keladi.
“Vedomosti” gazetasida yozilishicha, rubl qiymatining tushishi Rossiya bilan savdo yuritish shartlarini keskin yomonlashtirib yuborgan; shuningdek, neft narxining tushishi yuqoridagi omil bilan birgalikda tanganing muomala quvvati tushishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyotdagi jiddiy larzalarning oldini olish uchun milliy valyutani qadrsizlantirishga to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislarning fikricha, joriy yilning oxirigacha Qozog‘istonda dollar kursi 250 tangaga tenglashadi.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.












