Eronning dron hujumi BAAdagi Fujayra neft omboriga zarar yetkazdi

Eronning dron hujumi BAAdagi Fujayra neft omboriga zarar yetkazdi

Finansist busines telegram kanalining xabar berishicha, Eron tomonidan amalga oshirilgan hujum Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Fujayra shahridagi neft bazasiga shikast yetkazgan.

Ushbu port Ummon qo\'ltig\'i sohilida, Ormuz bo\'g\'ozidan tashqarida joylashgan bo\'lib, bu uni neft eksporti uchun strategik jihatdan muhim muqobil yo\'nalishga aylantiradi. Fujayra porti neft va neft mahsulotlarini saqlash hamda qayta yuklash bo\'yicha dunyodagi eng yirik xablardan biri hisoblanadi. Shuningdek, u Fors ko\'rfazi mamlakatlari uchun asosiy zaxira saqlash markazi vazifasini o\'taydi.

Ekspertlarning fikricha, ushbu hujum mintaqadagi energiya xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.