GPS uzilishlariga yechim: Drivee ilovasida yangi funksiya ishga tushdi

Drivee taksi buyurtma qilish servisi haydovchilar uchun yangi qulaylik — geolokatsiyani qoʻlda sozlash funksiyasini taqdim etdi. Endilikda GPS signali beqaror boʻlgan holatlarda haydovchi oʻz joylashuvini xaritada mustaqil belgilashi yoki aniq manzilni kiritishi mumkin. Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, bu yangilik dolzarb buyurtmalarni tezroq qabul qilish va boʻsh turib qolishlarning oldini olish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mazkur funksiya Samara, Tolyatti va Volgograd shaharlarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi. Servis tahlillariga koʻra, haydovchilarning 70–85 foizi geolokatsiyani qoʻlda sozlash imkoniyatidan faol foydalangan. Natijada qabul qilingan takliflar soni 6 foizga, yakunlangan safarlar esa 5 foizga oshgan. Hozirda ushbu imkoniyat Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va boshqa bir qator yirik shaharlarda amal qilmoqda.
Drivee bosh direktori Yegor Smetaninning soʻzlariga koʻra, soʻnggi vaqtlarda turli shaharlarda geolokatsiyaning notoʻgʻri aniqlanishi boʻyicha haydovchilardan murojaatlar koʻpaygan. GPS signali nosozligi sababli haydovchi aslida shaharning boshqa chekkasida boʻlgan buyurtmani qabul qilib qoʻyishi holatlari kuzatilgan.
Kompaniyaning asosiy maqsadi — hatto GPS signali beqaror boʻlgan vaziyatlarda ham foydalanuvchilar uchun safarlarni oldindan rejalashtirish imkonini yaratishdir. Qoʻlda sozlash funksiyasi bunday «teleportatsiya»larning oldini olishga va haydovchilarning ortiqcha uzilishlarsiz liniyada qolishiga yordam beradi.













