Toshkentda uy narxlari hududlar kesimida farq qilmoqda

2026 yil aprel oyida Toshkent uy-joy bozorida faollik pasaygani kuzatildi. Hisobotlarga ko‘ra, oy davomida 44,5 mingta uy-joy e’loni joylashtirilgan bo‘lib, bu mart oyiga nisbatan 13,4 foizga kam.
Poytaxtdagi eng arzon uylar Uchtepa, Olmazor va Sirg‘ali tumanlarida qayd etilgan. Ushbu hududlarda 1 kvadrat metr uy narxi o‘rtacha 900 dollardan 1367 dollargacha baholanmoqda.
Eng qimmat uylar esa Mirobod, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida joylashgan. Bu hududlarda 1 kvadrat metr narx 1413 dollardan 2121 dollargacha yetgan.
Mutaxassislar Yashnobod tumanidagi narxlar oshishini “Yangi Toshkent” loyihasi va infratuzilma rivoji bilan bog‘lamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











