Kiyim ishlab chiqaruvchi «MEXX» kompaniyasi bankrot bo‘ldi


Gollandiyaning «Mexx» firmasi bankrot deb e’lon qilindi. Bu 4 dekabr kuni Amsterdam sudi tomonidan e’lon qilindi, Bu haqida «NL Times»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Hozirda kompaniyaning 3 ta bo‘limi to‘lash qobiliyatiga ega emas deb topilgan. Bular «Mexx Holding Netherlands BV», «Mexx Europe Holding BV» hamda «Mexx Europe Holding International BV». Biroq vaziyat shu tariqa davom etadigan bo‘lsa, bu firmaning boshqa bo‘limlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Amsterdam sudi vaqtinchalik ish boshqaruvchi tayinladi. U kompaniyaning inqirozdan chiqa olishiga qurbi etish etmasligini aniqlashi kerak bo‘ladi.
foto: Kun
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











