O‘zbekistonda Yaponiyaning arzon mehmonxonalari tarmog‘i ish boshlashi mumkin


Yaponiyaning Toyoko-inn arzon mehmonxonalari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekturizm”dagi manbalariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
2015 yil martida Yaponiya kompaniyasi rahbariyatidan iborat delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida tarmoq filiallarini O‘zbekistonda ochish g‘oyasi aytib o‘tildi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Toyoko-inn va “O‘zbekturizm” o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.












