O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 7 avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8,83 so‘mga arzonlab, qiymati 7783 so‘m 5 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Yevro kursi esa 79,57 so‘mga pasayib, 9002 so‘m 6 tiyinni tashkil qilgan. 1 Rossiya rubli kursi 1,23 so‘mga pasayib, 122.96 so‘m bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.