O‘zbekistonda bir haftada qariyb 3 mingta kumush esdalik tanga sotildi

O‘zbekistonda bir haftada qariyb 3 mingta kumush esdalik tanga sotildi
Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqargan edi. 28 noyabrdan boshlab sotuvga qo‘yilgan 6900 dona kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarning qariyb 3 mingtasi sotildi. Bu haqda Markaziy bankka tayanib Daryo xabar berdi.

4 dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston banklaridagi tangalar qoldig‘i:

Toshkentdagi banklarda (Ipoteka, Trast bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Asia Alliance bank, Ipak yo‘li bank, Orient Finance bank, Infin bank, O‘zmilliybank) — 577
Buxorodagi banklarda (Hamkor bank, Asia Alliance bank) — 403
Samarqanddagi banklarda (O‘zsanoatqurilishbank, Orient Finance bank) — 381
Xorazmdagi banklarda (O‘zmilliybank Urganch, Xiva) — 499
Namangandagi bankda (Hamkor bank) — 329
Farg‘onadagi bankda (Trast bank) — 219
Sirdaryodagi bankda (O‘zsanoatqurilishbank) — 232
Surxondaryodagi bankda (Kapital bank) — 205
Qashqadaryodagi bankda (Ipoteka bank) — 185
Navoiydagi bankda (Ipak yo‘li bank) — 172
Jizzaxdagi bankda (Aloqa bank) — 250
Andijondagi bankda (Hamkor bank) — 205
Qoraqalpog‘istondagi bankda (Qishloq qurilish bank) — 265

Sotuvga 1994−2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.