O‘zbekistonga Rossiyadan birinchi «Agroekspress» poyezdi yetib keldi

O‘zbekistonga Rossiyadan birinchi «Agroekspress» poyezdi yetib keldi
Poyezd Toshkentga muzlatilgan parranda go‘shti partiyasini yetkazib berdi.

Tajriba sifatida konteynerlar partiyasi chegara va bojxona tartib-qoidalaridan o‘tishni, marshrut bo‘ylab tovarlar xavfsizligi sifatini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi hamda keyingi qatnovlargacha yuklarni yetkazib berish jarayonini soddalashtirish va takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatdi.

Mamlakatlar o‘rtasida «Agroekspress»ning barcha texnologik va nazorat masalalari ishlab chiqilgandan so‘ng ular muntazam va to‘laqonli bo‘ladi.

Avvalroq «Agroekspress» maxsus poyezdlari orqali O‘zbekiston go‘sht va un evaziga Rossiyaga meva-sabzavot jo‘natishi haqida xabar berilgandi. Loyihaga Qozog‘iston ham qo‘shilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.