O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportidan 22,1 mln. dollar daromad oldi

O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportidan 22,1 mln. dollar daromad oldi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,2 ming tonnaga kamaygan.

O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 33,3 ming tonna;
- Rossiya – 20,2 ming tonna;
- Qirg‘iz R. – 13,8 ming tonna;
- Ukraina – 5,6 ming tonna;
- Latviya – 2,9 ming tonna;
- Belarus – 1,4 ming tonna.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.