Shavkat Mirziyoyev Olmazorda istiqomat qiluvchi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi xonadonida

Shavkat Mirziyoyev Olmazorda istiqomat qiluvchi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi xonadonida
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining «Achaobod» mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan tabrikladi.

Prezident Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, Abbos ota Appanov Ikkinchi jahon urushidan keyin vatanga qaytib, poytaxtdagi 139-sonli maktabda uzoq yillar nemis va ingliz tilidan dars bergan.

«Butun umringizni xalqimizni, farzandlarimizni tarbiya qilishga bag‘ishlagansiz… Sog‘-salomat bo‘lib, qilgan niyatlaringiz amalga oshib, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini ko‘rib yuring doim», — deya tabriklagan davlat rahbari.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.