O‘zbekistonga Erondan iliq havo kirib kelmoqda

O‘zbekistonga Erondan iliq havo kirib kelmoqda
25 may kunduz kuni respublika hududiga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika shimolida shamol 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati 32-37° gacha ko‘tariladi.

Poytaxtimizda quyoshli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 33-35° gacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.